«o‘quvchini urish» tegli maqolalar


Jizzaxda 7-sinf bolani urgan o‘qituvchi ishdan olindi
10 aprel 2024, 02:43

Jizzaxda 7-sinf bolani urgan o‘qituvchi ishdan olindi

Bolalar ombudsmaniga kelgan murojaat o‘rganilganda Jizzax viloyati Zomin tumanida maktab o‘qituvchisi voyaga yetmagan o‘quvchining yuziga bir necha bor tarsaki urib, uni haqorat qilgani ma’lum bo‘ldi. Maktab direktori buyrug‘iga asosan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Toshkent viloyatida o‘quvchining boshini devorga urib, jarohatlagan o‘qituvchiga jinoiy ish ochildi
18 fevral 2024, 10:04

Toshkent viloyatida o‘quvchining boshini devorga urib, jarohatlagan o‘qituvchiga jinoiy ish ochildi

Chinoz tumanidagi 1-maktab o‘qituvchisi 7-sinf o‘quvchisining boshini devorga bir necha bor qattiq urib, jarohat yetkazdi. Bola shifoxonaga joylashtirildi, o‘qituvchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Navoiydagi maktabda o‘qituvchi 2 o‘quvchini kaltakladi
6 fevral 2024, 10:50

Navoiydagi maktabda o‘qituvchi 2 o‘quvchini kaltakladi

Navoiy shahridagi 18-sonli maktabda rus tili o‘qituvchisi (erkak) 2 nafar o‘quvchini kaltakladi. Hozirda holat bolalar ombudsmani kuzatuvida va tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Xorazmdagi maktabda o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchi ishdan olindi
31 oktabr 2023, 15:55

Xorazmdagi maktabda o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchi ishdan olindi

Tarmoqlarda Bog‘ot tumanidagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchini do‘pposlagani aks etgan video tarqaldi. Xorazm viloyati maktab ta’limi boshqarmasi voqeadan so‘ng o‘qituvchi ishdan olingani, bolalar ombudsmani esa o‘quvchining manfaatlarini himoya qilish uchun barcha choralar ko‘rilishini bildirdi.

Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchining qo‘lini qayirib, qulog‘idan tortdi
22 noyabr 2022, 14:47

Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchining qo‘lini qayirib, qulog‘idan tortdi

Toshkent shahridagi xususiy maktablarning birida o‘qituvchi o‘quvchining qo‘lini qayirib, qulog‘idan tortdi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qildi. XTV matbuot kotibi bolalarni hech qachon va hech qanday holatda kaltaklash mumkin emasligini ta’kidladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting